Yukingiz yo'lda,
mashinangiz ishda.
Yukingizga mashina, mashinangizga yuk. ZAA TRUCK O'zbekiston va qo'shni davlatlar o'rtasidagi yuk tashishni vositachilarsiz, bevosita kelishuvga aylantiradi.
Saytda qanday ishlaydi?
15 soniyalik qisqa ko'rgazma
Yuk jo'natasizmi?
E'lonni bir marta joylang — yo'nalishingizdagi bo'sh mashinalar egalari o'zlari taklif yuboradi. Eng ma'qulini o'zingiz tanlaysiz.
- Bepul e'lon
- Bir nechta taklif
- Tasdiqlangan haydovchilar
- Narx — kelishuv asosida
Mashinangiz bo'shmi?
Transportingizni qo'shing va borish hamda qaytish yo'lingizdagi yuklarni oldindan ko'ring. Bo'sh kilometrlar — yo'qotilgan pul.
- Bepul qo'shish
- Qaytish yuklari
- Yangi yuk haqida xabar
- Foizsiz daromad
Dispetcher yoki logistika kompaniyasimisiz?
Bir nechta mashina va buyurtmani bitta hisobdan boshqaring. Kompaniyalar uchun alohida shartlar.
Hozir yo'lda nimalar bor
Yangi e'lonlar tepaga chiqadi. Yo'nalish yoki kuzov bo'yicha saralang va egasi bilan bevosita bog'laning.
Bitta platformada butun logistika
E'londan to kelishuvgacha — har bir bosqich uchun kerakli vosita qo'l ostida.
Foiz yo'q
Kelishilgan summa to'liq sizda qoladi.
Kuzatuvdagi yo'nalishlar
Qidiruvni saqlang — mos yuk chiqqanda darhol bildirishnoma.
O'z aloqa tizimi
Chat, qo'ng'iroq va hujjat almashish platformaning ichida ishlaydi — biror messenjer bloklansa ham, ish to'xtamaydi.
Hujjatlar papkasi
CMR, prava, tex-pasport — bir joyda saqlang va bir bosishda yuboring.
Ishonch reytingi
Tasdiqlangan raqam, hujjat tekshiruvi va har bir reysdan keyingi baho.
Telegram'ga avto-tarqatish
E'loningiz tegishli yuk guruhlariga avtomatik yuboriladi.
Chegara va dovonlar
Navbat haydovchilar xabaridan, dovonlarda qor va ob-havo — jonli.
YANGINarx takliflari va bozor narxi
Haydovchilar narx taklif qiladi, siz tanlaysiz. Har yo'nalishning odatiy narxi ko'rinib turadi.
YANGIYo'l xaritasi va reys daftari
Stoyanka, zapravka, shinomontaj — haydovchilar bahosi bilan. Har reys xarajati va sof foydasi.
YANGIYo'lda xavfsizlik va yordam
Bir tugma bilan yaqin haydovchilardan yordam so'rang. Chegarada tarjimon, yo'l to'lovlari hisobi va yuk egasining to'lov intizomi — hammasi bir joyda.
Rasmli e'lonlar
Yuk yoki mashina rasmini joylang — rasmli e'lonlarga ko'proq qo'ng'iroq bo'ladi.
5 yulduzli baholash
Har bir kelishuvdan keyin tomonlar bir-birini baholaydi — ishonchli hamkorni tanlash oson.
Ro'yxatdan reysgacha — to'rt bekat
Raqamni tasdiqlang
Telefon raqam kiriting — tasdiqlash kodi Telegram'ga keladi. Hujjat shart emas.
Rolni tanlang
Yuk egasi yoki haydovchi. Keyinchalik istalgan payt almashtirsa bo'ladi.
E'lon bering yoki qidiring
Taxtadan mosini tanlang yoki o'z e'loningizni joylab, takliflarni kuting.
Bevosita kelishing
Chat yoki qo'ng'iroqda narx va vaqtni kelishing — hech kimga foiz to'lamaysiz.
Bitta zona — o'nta davlat
Nomimizdagi "Zone Asia" shunchaki so'z emas: Markaziy Osiyo va unga tutash bozorlar bitta tarmoqda.
Ommabop yo'nalishlar
Ko'p beriladigan savollar
Javob topilmasa, Telegram'da yozing.
Foydalanish pullikmi?
Yuk va transport e'lonlari, qidiruv hamda foydalanuvchilar bilan bog'lanish uchun amaldagi tariflarni Tarif va to'lovlar sahifasidan ko'ring.
Kelishuvdan foiz olasizlarmi?
Olmaymiz. Narxni yuk egasi va haydovchi o'zaro belgilaydi, pul ham to'g'ridan-to'g'ri to'lanadi.
Ro'yxatdan o'tish uchun nima kerak?
Faqat telefon raqam. Tasdiqlash kodi shu raqamga ulangan Telegram hisobingizga keladi — 6 xonali kodni kiritasiz, rolingizni tanlaysiz va parol o'rnatasiz.
Haydovchiga qanday ishonaman?
Har bir foydalanuvchi raqami tasdiqlangan. Bundan tashqari, profilda hujjat tekshiruvi belgisi va avvalgi reyslar bo'yicha reyting ko'rinadi.
Faqat O'zbekiston ichidami?
Yo'q. Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Rossiya, Xitoy, Turkiya, Ozarbayjon va Belarus yo'nalishlari ham bor.
Telegram bloklansa nima bo'ladi?
Hech narsa. ZAA TRUCK'ning chat, qo'ng'iroq va fayl almashish tizimi o'zimizniki — tashqi messenjerlarga bog'liq emas.
ZAA TRUCK cho'ntagingizda
Yo'lda ham yangi yuklarni o'tkazib yubormang. Saytni telefoningizga o'rnating — ilova kabi bosh ekrandan bir bosishda ochiladi. App Store va Google Play'da ham tez orada.